Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Haydovchilarning uxlab qolishi oqibatida ikkita mudhish avariya sodir bo‘ldi
21.08.2020 15:31,  
716

2020 yilning 19 avgust kuni soat 10:25 larda Navoiy viloyati Konimex tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lning 147 kilometrida «Neksiya» haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Changan» rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, natijada «Neksiya» rusumli avtomashinani haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

«Changan» rusumli transport vositasi haydovchisi «Chap oyog‘i tizza osti sinishi» jarohati bilan Zarafshon shahar markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, «Neksiya» rusumli avtomashina haydovchi charchoq holatida uxlab qolishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqanligi mazkur hodisani kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, shu yilning 7 avgust kuni soat taxminan 15:30larda Navoiy viloyati Nurota tumani hududidan o‘tgan yo‘lining 94 kilometrida «Damas» avtomashinasini boshqarib borayotgan haydovchi bilan ham shunday holat yuzaga keldi.

Navoiy viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan muntazam ravishda ogohlantirish va profilaktik tadbirlar olib borilishiga qaramay 1963 yilda Samarqand viloyatida tugilgan fuqaro Z.B. o‘ziga tegishli avtomashinani boshqarib kelib, uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetiga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi.

Natijada avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1975 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan yo‘lovchi R.N. og‘ir tan jarohati olib, hayotdan bevaqt ko‘z yumdi.

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан