Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Haydovchilik guvohnomalari uchun imtihon olish IIVdan xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin
27.11.2020 18:38,  
193

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning yozishicha, haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon olish Ichki ishlar vazirligidan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda.

Bu haqda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida bergan axborotida aytib o‘tgan.

Vazir o‘rinbosarining bildirishicha, hujjat loyihasiga ko‘ra, imtihon olishga moslashgan avtodromlar va imtihon olish tizimi to‘liq xususiy sektorga beriladi va IIV buni monitoring qilib boradi.

«Bu jarayon 2021 yil davomida amalga oshirilishi kutilmoqda. Umid qilamizki, bu haydovchilik mas’uliyatini oshirib, yo‘llarimizda madaniyatli haydovchilar ko‘payishiga xizmat qiladi», – deb yozadi Kusherbayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан