Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Haydovchilik guvohnomasini olish istagida bo‘lganlarga muhim ma’lumot e’lon qilindi
28.12.2021 22:54,  
1189

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun belgilangan yosh me’yorlariga rioya qilgan holda, haydovchilarni tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalariga istalgan vaqtda borib, shartnoma tuzib o‘qishingiz mumkin.

Ammo o‘qish vaqtida mashg‘ulotlarga qatnashmasdan, o‘qimasdan vaqt o‘tkazish endilikda o‘zingizga zarar. Chunki, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 272-son qaroriga muvofiq, endilikda haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshiriladigan nazariy va amaliy imtihonlar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan inson omili cheklangan, avtomatlashtirilgan avtodromda va imtihon olish xonalarida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ushbu tizim inson omili to‘liq cheklangan, avtomatlashtirilgan dastur yordamida haydovchilikka nomzodlarni o‘quv muassasiga kelib ketishlarini, darslarda va mashg‘ulotlarda qatnashishlarini, ichki imtihonlardan o‘tgan yoki o‘tmaganliklarini to‘liq nazoratini amalga oshirib, yakuniy nazariy va amaliy imtihonlarga ruxsat beradi.

Unutmang, imtihonlardan o‘tish uchun birgina imkoniyatingiz bor — bu ham bo‘lsa yaxshi o‘qish, yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘zlashtirish va avtomototransport vositasini boshqarishni mukammal o‘rganishdir.

Kerakli malakaga ega bo‘lmasdan, korrupsion yo‘llar orqali haydovchilik guvohnomasini olish haqida o‘ylash endilikda ilojsiz va noto‘g‘ri qaror ekanligi haqida ogohlantiramiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан