Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qishni bekor qilish taklif etildi
20.02.2020 14:47,  
2597

"Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portalida havtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi guvohnoma olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish haqida petitsiya e’lon qilindi.

"Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishmi, buni mustaqil o‘qib-o‘rganish ham mumkin. Yoki avtomobil boshqarishni o‘rganishmi? Buni biror qarindosh yoki tanish yonida yurib ham o‘rganish mumkin. Hozirda maktablar o‘qitish xizmati uchun 2-3 million so‘raydi. Maqsad pul to‘lashmi, bu pulni o‘z qarindoshimizga bersak ham bo‘ladi. 

Baribir YHXBda imtihon topshirmagunimizcha “prava” bermaydi. Shunday ekan, IIB YXXBda imtixon topshirish uchun to‘lovlarni amalga oshirgan fuqarolardan avval nazariy, nazariy imtixondan o‘tganlardan amaliy imtihon olinib, imtihon topshirganlarga toifali haydovchilik guvoxnomasi topshirilishi yetarli bo‘ladi.

Men avtomaktablarni qat’iy berkitish tarafdori emasman, balki avtomaktablarda o‘qishni ixtiyoriy qilib, avtomaktablarda o‘qimaganlar ham, o‘z malakalariga ishonishsa, YHXB xuzurida imtixon topshirishlariga ruxsat berilishini taklif qilaman. 

Bu taklifimni tegishli vakolatli organlar tasdiqlashlari jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadi. Chunki jamiyatni taraqqiy ettiruvchi kuch – bu avtotransport sohasidir. Chunki ishlab chiqarish va savdo tizimi yaxshi bo‘lishi uchun, avvalo, transport tizimi yaxshi rivojlangan bo‘lishi talab qilinadi", deb yozgan murojaatchi.

Murojaatni hozircha 669 kishi qo‘llab-quvvatladi, 30 kishi izoh yozdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан