Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati qanchaga uzaytirildi?
2.01.2022 13:01,  
1025

Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyuruvchi fuqarolarimiz fikrlarini inobatga olgan holda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 3 oydan 1 yilgacha uzaytirilganligini eslatib o‘tishni lozim deb topdik.

2021-yil 17-noyabrda “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga muvofiq, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtirilishi belgilandi:

2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;

2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;

2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;

 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан