Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hayit namozi qanday o‘qiladi? (video)
3.06.2019 13:32,  
245

O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi 5 iyun Toshkent vaqti bilan soat 05:10 da, boshqa joylarda namoz vaqtidagi tafovutlar inobatga olib o‘qiladi.

Ramazon hayiti – Iydul fitr deyiladi. U kun musulmonlar uchun xursandchilik, shodlik, kengchilik va bayram kunidir. U kun o‘zgacha shukuh va fazilatga ega. Musulmonlarning ikki muborak bayramlaridan biri hisoblanadi.

Hayit bayramlarida yoshu-qari, boyu-kambag‘al jamiyat vakillarining barchalari shodu-xurram bo‘lishib, bir-birlariga xursandchilik izhor qiladilar. 

Shu bilan birga, masjidlarda hayit namozi ado etiladi.

To‘liq niyat quyidagicha qilinadi: “Shu vaqtda vojib bo‘lgan Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini barcha takbirlari bilan shu imomga iqtido qilib, yuzimni Ka’baning bir tarafiga qaratib, xolis Alloh uchun o‘qishga niyat qildim”.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hayit namozini o‘qish tartiblarini yana bir bor eslatish maqsadida videolavha tayyorladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан