Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Hayotdan charchagan» ayol ikki bolasini kanalga oqizib yubormoqchi bo‘lgan paytda to‘xtatib qolindi (video)
17.12.2020 12:48,  
565

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol ikki farzandini suvga tashlab, ularni o‘ldirishga uringani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Bolalar Shirin shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari tomonidan qutqarib qolingan.

Videoyozuvda ayol «hayotdan charchagani» tufayli bolalarini o‘ldirmoqchi bo‘lgani, ularni «tuqqanidan afsusda» ekanini ta’kidlagan. «O‘zimni ham suvga tashlab, bu hayotdan qutilmoqchi edim», — deya qo‘shimcha qilgan u.

Bolalarni qutqarib qolgan xodimlardan biri farzandlarini o‘ldirmoqchi bo‘lgani uchun u javobgarlikka tortilishi mumkinligini eslatganida, ayol «qo‘rqadigan joyi yo‘q»ligini aytgan. Ekologiya xizmati xodimining: «Hayotda tirnoqqa zorlar borligini bilasizmi?», degan savoliga, ayol: «Shuni erim bilmasa nima qilay, charchab ketdim hayotdan», deb javob bergan.

Shirin shahar hokimligidan ma’lum qilishlaricha, videodagi holat 15 dekabr kuni yuz bergan bo‘lib, unda ko‘rinish bergan ayol A.R. (1985 yilda Bekobod tumanida tug‘ilgan) va uning farzandlari doimiy ravishda Toshkent viloyatining Bekobod tumani «Turkman» mahallasida yashab keladi.

 

Ayol Bekobod tumani va Shirin shahrini ajratib turuvchi Do‘stlik kanali ko‘prigining Bekobod qismidan bolalarini kanalga tashlamoqchi bo‘lganida, Shirin shahar ekologiya xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan va kanalning Shirin shahar «Farhod» mahallasi qismiga olib o‘tilgan.

Shirin shahar IIB va «Farhod» mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki o‘rganishlar davomida ayol turmush o‘rtog‘i E.Sh.ning boshqa bir ayol bilan ba’zi-ba’zida telefon orqali so‘zlashayotganligini bilib, erini rashk qilib, achchiq ustida bolalarini o‘ldirmoqchi bo‘lgani aniqlangan.

Shirin shahar hokimligidan ma’lum qilishlaricha, voqea aslida Bekobod tumani hududida yuz bergani, voqea ishtirokchilari ham Bekobod tumanida doimiy yashab kelayotgani sababli hozirda ushbu holat yuzasidan Bekobod tumani IIB hamda tumandagi «Turkman» mahallasi xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан