Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun to‘lov undiriladi
19.07.2019 15:53,  
53

Veterinariya davlat qo‘mitasi “Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.

Hujjatga hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

Qayd etilishicha, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari uchun saqlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘paytirayotgan, boqayotgan hayvonlari identifikatsiya ob’yekti bo‘lib hisoblanadi.

“Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun hayvon egalaridan quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:

- yirik shoxli mollar, ot, eshak va tuyalar - O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 foizi;

- mayda shoxli mollar, cho‘chqa – BHMning 1,5 foizi;

- it va mushuklar – BHMning 1 foizi.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari veterinariya muassasasi va hayvon egalari o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан