Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hayvonlarni qiynaganlarga jazo choralari kuchaytirildi
29.05.2019 15:41,  
55

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasiga hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jazo choralarini kuchaytirishni ko‘zda tutgan tuzatishlarni imzoladi. Hujjat 26 aprel kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 3 may kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.

O‘zgarishga ko‘ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash — EKIHning 1 barvaridan 3 baravarigacha (avval — EKIHning 0,5 dan 2 baravarigacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaga yangi qism ham qo‘shildi:

«Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa, — EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан