Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Hech kimning bunga aralashishiga haqqi yo‘q». IIV «soqol» tadbiri bo‘yicha xabarni inkor etdi
15.05.2021 22:16,  
898

IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ichki ishlar organlari «soqol» tadbirini o‘tkazayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Internetda IIO xodimlariga soqol qo‘ygan fuqarolarni aniqlash va ularni soqol olishdan oldin va keyin suratga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar aytilgan audioyozuv tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «soqol» deb nomlangan tadbir haqida so‘z borib, unda soqolli fuqarolarni aniqlash, so‘ngra ularni soqol olishdan oldin va keyin suratga olish kerakligi aytilgan audioyozuv tarqaldi.

«Hurmatli xodimlar, «soqol» tadbiri bo‘yicha ham tezlashtirib qilib beraylik. «Gorotdel»dan so‘rayapti, Ichki ishlar vazirligidan kelgan mehmonlar nazoratga olgan. Har bitta «GOM» (shahar militsiya bo‘limi) ga 20 tadan soqollilarni [фуқароларни] aniqlab, soqoli bilan rasmga olib, keyin soqoli oldirilgani holatini ham rasmga olib, oldiga ma’lumotini yozasizlar: qayerda yashaydi, nechanchi yil kim u. Xuddi shunday qilib tezlashtirib qilib berishimiz kerak. Har bitta «GOM» ga 20 tadan berilgan, bizda bitta ham hali bo‘lgani yo‘q. Kechqurun so‘rov bo‘ladi, e’tiroz bo‘lyapti, bo‘la qolinglar tezroq!» — deydi audioyozuvda buyruq berayotgan shaxs.

«Gazeta.uz» so‘roviga binoan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosov vaziyatga izoh berdi.

«Ichki ishlar organlarida bunday nomlanadigan tadbir umuman yo‘q. Soqol qo‘yish-qo‘ymaslik har bir fuqaroning o‘ziga, e’tiqodiga bog‘liq. Bunga aralalishga hech kimning haqqi yo‘q», — dedi u.

Matbuot kotibi mazkur ovoz kimga tegishli ekanligini IIV o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан