Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hibsdagi yosh tadqiqotchi Akrom Malik yengil tartibdagi muassasaga o‘tkazildi
7.10.2018 22:34,  
58

2016 yilning iyul oyida hibsga olingan yosh tadqiqotchi Akrom Malikov berilgan qamoq muddatining uchdan bir qismini o‘tab bo‘lganligi uchun yengilroq tartibdagi manzil-muassasaga o‘tkazilgan. Bu haqda uning yaqinlari ma’lum qildi.

Akrom Malikov jazoning 26 oyga yaqin qismini umumiy tartibli koloniyada o‘tadi va joriy yilning 10 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi yangi manzilga o‘tkazildi. Mazkur muassasada shart-sharoitlar nisbatan yengilligi, mahkumlar bilan uchrashish imkoniyati ancha osonligi xabar qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz: Malikovga qo‘yilgan ayblov “o‘ta og‘ir jinoyatlar” sirasiga mansub hisobladi.

Akrom Malikov 1990 yilda Toshkent viloyatining Pskent tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasining qo‘lyozmalar instituti tadqiqotchisi sifatida faoliyat yuritgan.  Uning muharrirligi ostida bir qancha ilmiy va badiiy kitoblar chop etilgan.

Akrom Malikov hibsga olinguncha malikzoda.blogspot.com nomli blogiga turli mavzudagi maqola va badihalarini joylab borgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан