Qo‘qonning Salang bozorida soqol va hijobga qarshi kurash boshlandi

Qo‘qonning Salang bozorida soqol va hijobga qarshi kurash boshlandi

Ijtimoiy tarmoqdagi mahalliy aholining xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Salang ulgurji-chakana savdo bozorida (xalq tilida Yangibozor) o‘zini bozor xodimimiz deb tanishtirgan kishilar har bir do‘konga kirib, soqol va hijob bilan savdoga chiqmaslikni talab qilyapti.

Huquqini talab qilgan, “soqol va hijobni qonuniy jihatdan taqiqlanmagani”ni aytgan sotuvchilarga tegishli do‘konlarning hujjati qattiq tekshirilmoqda va bozor ma’muriyati tarafidan ayblovlar yuklanib do‘konlari muxrlanmoqda.

Kurash shu darajaga yetdiki, hijobli ayolning bosh manikeni va soqolli manikenlardan foydalanish ta’qiqlangan.Fayzbog.uz

Bozordagi barcha hijob sotadigan do‘konlardan hijobni savdodan olishi talab qilingan. Bo‘ysunmagan 2 do‘kon shu kuniyoq muhrlangan.

Bozorga chiqadigan ayollardan hijobda savdoga chiqmaslik talab qilingan. Agar xohlashsa, bozorga chiqmasliklari, bozor davlatning mulki ekanligi aytilgan.

Hozir bozorda 10ga yaqin do‘kon muhrlangan. Bu harakatlar taxminan bir hafta avval boshlangan.