Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hind hukumati ommaviy noroziliklar tufayli Internetni bloklab qo‘ydi 
29.12.2019 19:50,  
853

Hindistonning aholi soni bo‘yicha eng yirik — Uttar-Pradesh shtatidagi ommaviy noroziliklar fonida mamlakatning asosiy shtatlarida Internet bloklandi, deb yozmoqda Financial Times.

Hindistondagi ommaviy norozilik aksiyalari mamlakat parlamenti fuqarolik to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risida qonun qabul qilgach, 11 dekabrdan boshlandi.

O‘zgarishlar 2015 yil 1 yanvarga qadar diniy qarashlar tufayli ko‘chishga majbur bo‘lgan Afg‘oniston, Pokiston va Bangladesh fuqarolariga Hindiston fuqarosi bo‘lish huquqini beradi.

Gap aholisining aksariyati musulmon bo‘lgan davlatlarda yashovchi hinduiylik, sikxizm, jaynizm, buddizm hamda xristianlikka e’tiqod qiluvchi axolisi haqida ketmoqda.

Soddalashtirilgan tarzda fuqarolik berish musulmonlar hamda janubiy Osiyodagi boshqa mamlakatlar, jumladan Nepal, Shri-Lanka fuqarolariga tatbiq qilinmaydi.

Hindistonning musulmon aholisi bu o‘zgarishni “Har kim diniy e’tiqodidan qat’iy nazar qonun oldida tengdir” deb yozilgan Konstitutsiyaga zid deb hisoblashmoqda.

Hindistonning aholisi tarkibida ham musulmonlar ulushi salmoqli.

Noroziliklar, asosan, Internet yordamida tashkillashtirilmoqda. “Internet orqali namoyishlar tashkillashtirishga uringani uchun” birgina Uttar-Pradesh shtatining o‘zidan 120 dan ortiq inson hibsga olingan.

Namoyishlar paytida taxminan 25 kishi o‘ldirilgan (politsiyani ham qo‘shib hisoblaganda).

28 dekabr, shanba kuni mamlakatning 75 okrugidan 21 tasida Internet o‘chirilgan. “Buni sharoit taqozo qilmoqda”, - deydi shtat politsiyasi rahbari Prakash Singx.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан