Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindiston 1 milliarddan ko‘proq aholisi uchun karantin e’lon qildi
25.03.2020 12:21,  
459

Aholi soni soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi Hindiston davlatida COVID-19 koronavirus infeksiyasini tarqalishiga qarshi umummilliy karantin e’lon qilindi.

BBC'ning xabar berishicha, bu haqda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi bayonot bergan. Bosh vazir xalqqa qilgan murojaatida virusning tarqalishiga qarshi kurashning eng samarali yo‘li ijtimoiy masofalanish ekanligini ta’kidlagan.

Ma’lum qilinishicha, 1,3 milliarddan ortiq aholini uylaridan chiqishini taqiqlovchi karantin bugun, 25 mart kuni yarim kechasidan boshlab amalga kiradi va hozircha 3 hafta davom etadi. Lekin, hindlar hukumatning tavsiyalariga e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lishayotgani aytilmoqda.

“Umummilliy karantin ko‘pchilik insonlarning hayotini saqlab qolishi mumkin, Hattoki, bemorlarning ko‘chaga burni suqishlari (oynadan qarashlari) ham sog‘lom odamlarni zararlashi, ularni xavf ostiga qo‘yishi mumkin”, deydi Modi.

Shuningdek, Hindiston bosh vaziri mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va tibbiyot infrastrukturalarni yaxshilash uchun 2 milliard AQSh dollari ajratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан