Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindiston Afg‘onistonga 3 milliard dollarlik yordam beradi
13.01.2019 13:57,  
7

Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” suhbatining ikkinchi sessiyasi boshida Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaradj Hiniston Afg‘onistonga rivojlanish uchun 3 milliard dollarlik yordam ko‘rsatishini ta’kidladi.

“Tinchlik va barqarorlikni saqlash yo‘lida - bizning umumiy manfaatlarimiz bor. Hindiston demokratik, tinch va barqaror davlat qurish jarayonida Afg‘oniston xalqi va hukumatini qo‘llab quvvatlaydi. Biz Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va yarashishga qaratilgan barcha sa’y-hakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi Svaradj.

Shuningdek, Hindiston vaziri ana shunday hamkorlik Afg‘oniston davlatining kuch-quvvatini yuksaltirishga xizmat qilishini ham alohida aytib o‘tdi. Vazir so‘zlariga ko‘ra, ulkan insoniy, iqtisodiy va moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan Hindiston bilan hamkorlik qilish Afg‘onistonning ko‘plab muammolarini hal qilishda, ayniqsa infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda juda samarali bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан