Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindiston chet el fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi
13.03.2020 22:11,  
222

Hindistonda chet el fuqarolariga yangi vizalar berish va avvalgi berilgan vizalarning amal qilish muddati to‘xtatib qo‘yilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Vizalar berish va avvalgi vizalarning amal qilish muddatini to‘xtatib qo‘yish holati joriy yilning 13 mart kunidan 15 aprel sanasigacha kuzatiladi.

Bu haqda COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida Hindiston hukumati qaror qilgan bo‘lib, Hindiston eshigi faqat diplomatlar va BMT xodimlari uchun ochiq bo‘ladi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmagan holda Hindistonga borishdan tiyilib turishni tavsiya qilmoqda.

Xitoy, Italiya, Eron, Koreya respublikasi, Fransiya, Ispaniya va Germaniyaga borgan barcha shaxslar Hindistonga kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан