Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindiston elchisi Ortiqxo‘jayevdan budda ibodatxonasi qurish uchun yer so‘radi
14.02.2020 09:51,  
3362

Hindistonning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Santosh Ja shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda elchi hokimdan Gandi tavalludining 150 yilligi munosabati bilan uning Toshkentda memorial ochilishi, shuningdek, poytaxtda hind jamoasi ibodat qilishi uchun budda ibodatxonasi qurilishiga yer maydoni ajratishini so‘radi.

Bu ish O‘zbekistonga sayyohlar oqimining oshishiga xizmat qilishini gapning orasida qistirib o‘tdi.

Shu bilan bir qatorda o‘tgan haftada hind kompaniyalariga shifoxona, universitet hamda akvaparklar qurish uchun yer maydoni ajratilganligi va bu maqsadni amalga oshirish uchun $1 mlrddan ortiq pul mablag‘i jalb qilinganligi ta’kidlandi.

Hozirda Toshkentda hind kapitali ishtirokidagi tadbirkorlik sub’yektlari soni 154 taga yetgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан