Hindiston koronavirus bilan kasallanish soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

Hindiston koronavirus bilan kasallanish soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

Foto: Reuters

Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi, kasallik 4,2 milliondan ortiq hindistonlikda aniqlandi. Jon Xopkins universiteti ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 4 204 613 holat aniqlangan, ilgari kasallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turgan Braziliyada 4 137 521 dan ortiq holatlar mavjud. Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchi bo‘lib qolmoqda, u yerda, Jon Xopkins univeristeti ma’lumotlariga ko‘ra 6,2 milliondan ortiq holat aniqlangan. Dunyoda koronavirus infeksiyasining umumiy soni 27 103 845 nafarga yetdi.

RIA Novosti agentligi Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berishicha, o‘tgan kun davomida shifokorlar rekord darajada ko‘p koronavirus holatlarini aniqladilar - 90,8 mingdan ortiq odam.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, davolanganlar soni mamlakatdagi umumiy holatlarning 77,31 foiziga yetdi va 3,25 milliondan oshdi. 882 mingdan ortiq odam shifoxonalarda davolanmoqda. Koronavirusdan vafot etganlar soni 71,6 mingdan  oshdi.