Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindiston va Xitoy chegarasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi.Qurbonlar bor
26.01.2021 10:03,  
506

“India Today”ning yozishicha, to‘qnashuv Hindistonning Sikkim shtatidagi Naku-La dovoni hududida bo‘lib o‘tgan. Xitoy armiyasi go‘yoki Hindiston bilan demarkasiya chizig‘ini kesib o‘tishga uringan va bu esa hind harbiylarini hujumiga sabab bo‘lgan. Natijada Hindiston armiyasining to‘rt nafar, Xitoy tomonidan 20 nafarga yaqin harbiy xizmat tan jarohati olgan. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q-deb yozmoqda "Xalq so‘zi"

Pekin va Nyu-Dehli o‘rtasida ikki mamlakat harbiylari askarlarning hayotini saqlab qolish uchun o‘qotar quroldan foydalanmaslik to‘g‘risida kelishuv mavjud.

2020 yilning 16 iyun kuni Hindiston armiyasining o‘nlab askarlari bu joyda tayoq va tosh to‘qnashuvida halok bo‘lgan. Rasmiy Nyu-Dehli bu holat uchun Xitoy tomonini ayblagan edi. O‘shanda hind OAV 43 nafar xitoylik askar yaralangani va halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqatgan edi.

Dunyodagi eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan ikki mamlakat — Hindiston va Xitoy chegarasini “McMahon Line” deb nomlangan shartli chiziq ajratib turadi. Hindiston bu chegarani tan olgan, Xitoy esa yo‘q.

Muammoni hal qilish uchun bir necha bor urinish bo‘lgan. Xususan, 1993 va 1996 yillarda o‘tkazilgan kelishuvlar samarasiz kechdi. Shu bois chegara hududining ikki qismi — Kashmirning shimoli-sharqiy va Arunachal-Pradesh shtatining shimoli qismi munozarali bo‘lib qolmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан