Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistonda 191 yo‘lovchisi bilan samolyot qulab tushdi
7.08.2020 22:32,  
446

Hindiston janubidagi Kerala shtatidagi Kojikode shahri aeroportiga qo‘nayotgan paytda bortida 191 yo‘lovchisi bo‘lgan Air India Express samolyoti qulab tushdi. Matbuot xabarlariga ko‘ra, samolyot rusumi Boeing 737 bo‘lgan.

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib, ikkiga bo‘lingan, deya xabar beradi Hindiston Fuqaro aviatsiyasi idorasi. Hindiston ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda layner ikkiga bo‘lingan fotosuratlar paydo bo‘ldi.

Flight Radar 24 sanoat nashri halokatga uchragan samolyotning fotosuratini e’lon qildi.

 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan va 35 kishi yaralangan. Bi-bi-siga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida samolyot uchuvchisi ham bo‘lgan.

Halokat mahalliy vaqt bilan soat 19:00 (Toshkent vaqti bilan 18:30) da yuz berdi. Halokat sodir bo‘lgan joyda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Samolyot kuchli yomg‘ir ostida qo‘ngan. Hindistonda yomg‘irli mavsum eng yuqori cho‘qqiga yaqinlashmoqda, mamlakatda toshqin va ko‘chkilar kuzatilmoqda.

Hindiston ichki ishlar vaziri Amit Shoh fojia haqidagi xabardan chuqur qayg‘uda ekanligini aytdi. Vazir voqea sodir bo‘lgan joyga tabiiy ofatlarga qarshi milliy xizmatni yubordi.

Samolyot Dubaydan uchib ketgan. Air India Express - bu Air India tarkibiga kiruvchi Hindistonning eng yirik loukoster aviakompaniyasi.

 

2010 yil may oyida Hindistonning Mangalore aeroportida Air India Express samolyoti qulashi natijasida 158 kishi halok bo‘lgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан