Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistonda ayollarning ibodatxonaga kirishi norozilik namoyishiga sabab bo‘ldi
3.01.2019 01:38,  
7

Hindistonning Sabarimala shahrida (Kerala shtati) joylashgan Ayyappana ibodatxonasiga bir necha asrda ilk bor ikki ayolning kirishi norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda.

Ayollar ibodatxonaga 2 yanvar kuni politsiya hamrohligida kirgan. Shundan keyin Kerala shtatining turli nuqtalarida norozilik namoyishlari boshlanib ketgan.   

Ayyappana ibodatxonasi Hindistondagi eng mashhur ziyoratgohlardan biri sanaladi, bu yerga reproduktiv yoshdagi ayollarning kirishi mumkin emas, keksa ayollar va kichik qizlargagina ruxsat beriladi. Sentyabr oyi oxirida Hindiston Oliy sudi bir necha asrdan beri davom etib kelayotgan bu an’anaga chek qo‘ydi: Ayyappana ibodatxonasiga ayollarning ham kirishiga ruxsat berdi.  Ibodatxona oktyabr oyida bir necha kun davomida ayollar uchun ochiq bo‘lganiga qaramay, tahdidkor ziyoratchilar bu yerga ayollarning yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymadi. 

Hindiston Oliy sudining qaroriga qaramay, shu paytgacha 10 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan birorta ham xotin-qiz Ayyappana ibodatxonasiga kira olmayotgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан