Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistonda ishchilar oylik bermagani uchun iPhone zavodini vayron qilishdi
14.12.2020 03:07,  
456

Hindistonning Karnataka shtatida ishchilar «Apple» telefonlarini ishlab chiqaradigan zavod idorasini vayron qilishdi. Guvohlar tomonidan olingan videoni «Newsflare» veb-saytiga joylagan.

Karnatakadagi «Winstrom Corp» kompaniyasi zavodi oldida minglab odamlar to‘planishdi. Ular ish haqining bir qismini olganligidan shikoyat qilib, oylikni to‘liq to‘lab berishlarini talab qilishdi. Mojaro tartibsizliklarni keltirib chiqardi, ishchilar mashinaga o‘t qo‘yishdi. Shundan so‘ng politsiya namoyishchilarni tarqatib yubordi.

Tayvanning «Winstrom Corp» kompaniyasi «Apple» kompaniyasining pudratchisi hisoblanadi. Uning Karnatakadagi zavodida byudjetbop iPhone SE telefonlari ishlab chiqariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан