Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistonda koronavirus tarqatishda ayblanayotgan musulmonlar shifoxonalarga olinmayapti
26.04.2020 04:33,  
1654

Hindistonda koronavirus bilan kasallanayotgan insonlar soni tezlik bilan ko‘payotgani uchun iqtidordagi millatchi Hindiston xalq partiyasi (BJP) a’zolari, musulmonlarni koronavirus tarqatishda ayblamoqda.

Euronews nashrining xabar berishicha, hind hukumati mamlakatdagi Covid-19 voqealarining katta qismini musulmon jamoalarining mart oyi boshida tashkillashtirgan diniy yig‘ilishi bilan bog‘liq ekanligiga ishonmoqda.

So‘nggi oylarda islom diniga qarshi nafrat ortgan Hindistonda, koronavirus epidemiyasi natijasida yana musulmonlar nishonga olinishi mumkinligidan xalqaro hamjamiyat tashvish bildirgan.

Uttar Pradeshir shtatidagi kasalxonalar Koronavirus aniqlangan musulmonlar shifoxonaga qabul qilinmasligi borasida reklamalar chop etgan. Ba’zi yerlardagi dorixonalar esa musulmon hindlarga dori sotmayapti.

O‘tgan hafta mahalliy OAVlar, Jarkand shtatida homilador musulmon ayol koronavirus tarqatilganligi aybi bilan shifoxona xodimlari tomonidan kaltaklanganligi sababli, homilasidan ayrilganligi borasida xabarlar tarqatgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан