Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistonda kuchli jazirama tufayli tuya o‘z egasining boshini tishlab uzib oldi
8.07.2019 13:22,  
53

Hindistonda kuchli jazirama sharoitida kun bo‘yi quyosh ostida qolib ketgan tuya egasining boshini tishlab uzib oldi. Hodisa Rojaston shtatining janubi-g‘arbidagi Barmer shahrida yuz berdi. Bu haqda, The Huffington Post nashri xabar bermoqda.

Hayvon egasi uni yechib qo‘yishni unutganligi uchun 43 darajali issiqda kun bo‘yi qolib ketgan. Erkak tuyasi haqida eslab, unga yaqinlashganda esa tuya unga tashlanib, tishi bilan egasining bo‘yniga chang solgan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, hayvon shunchalik kuch bilan egasining tanasini u yoqdan bu yoqqa otganki, oqibatda uning boshi uzilib ketgan.

Quturib ketgan tuyani 25 nafar mahalliy aholi olti soat davomida tinchlantirishga uringan. Hayvonning keyingi taqdiri haqida xabar berilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан