Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistonda politsiya sigirlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga binoan bir kishini hibsga oldi
15.01.2021 09:30,  
220

Hindistonda politsiya sigirlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga binoan bir kishini hibsga oldi.

Hindistonning janubi-g‘arbiy qismida politsiyachilar mamlakatdagi muqaddas hayvonlar hisoblangan sigirlarni himoya qilish bo‘yicha yangi qonunga binoan yuk mashinasida qora mol olib ketayotgan odamni hibsga olishdi.Bu haqida “The Hindu” gazetasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qora mollarni so‘yish joyiga olib ketayotganlikda shubha qilishgan noma’lum shaxslar hibsga olingan shaxsga hujum qilishgan. Yuk mashinasini ko‘z kechirishib, haydovchini kaltaklashgan. Erkak kasalxonaga yotqizilgan.

Karnataka adliya vaziri Jey Madxusvami gumondor erkakni qoralagan holda uning hibsga olinishini qo‘llab-quvvatladi.Ma’lum qilinishicha, hujum qilganlarga nisbatan ham jinoiy ish ochilgan.

2020 yilning dekabr oyida Hindistonda sigirlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, endilikda muqaddas hayvonlarni so‘yish uchun mas’ul bo‘lganlar uch yildan yetti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi, shuningdek, 683 dan 6833 dollargacha jarima solinishi mumkin.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан