Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistonda TikTok manguga bloklandi
26.01.2021 22:57,  
283

Hindistonda TikTok manguga bloklandiHindiston hukumati 59 ta Xitoy dasturini umrbodga blokladi, ular ichida TikTok ijtimoiy tarmog‘i ham bor. Bu haqda Hindistonning " Economic Times" nashri xabarlariga tayanib Darakchi yozmoqda.

Hindiston Axborot texnologiya vazirligi (MeitY) Xitoy dasturlari xavfsizligi agentlik talablariga javob bermasligi haqida o‘tgan hafta xabar bergan edi. Natijada mamlakat hukumati 59 ta Xitoy dasturini doimiy ravishda blokladi.

Hindistonda 2020 yilning 2 sentyabr kuni ham 118 dan ortiq onlayn platforma va dasturlar bloklangan edi. Ushbu dasturlar orasida onlayn savdo do‘koni AliExpress ham bor edi.

Shuningdek, Xitoyning mashhur dasturlari sanalgan PUBG Mobile, Snack Video, Cam Card, WeWorkChina va WeDate dasturlari ham hindistonliklar uchun hukumat tomonidan yopilgan platformalardir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан