Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistondagi kabi vaziyat dunyoning istalgan mamlakatida kuzatilishi mumkin — JSST
1.05.2021 21:08,  
221

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusning yangi shtammini tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni baholadi.

JSSTning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Klyugening aytishicha, Hindistondagi kabi vaziyat, “COVID-19»ning yangi shtammining tez tarqalishi dunyoning istalgan mamlakatida yuz berishi mumkin.

«Hindistonda aniqlangan V.1.617 mutatsiyasi hozir JSST tomonidan qiziqish variantlariga qo‘shildi va biz uning tarqalishini ko‘rib turibmiz. Hindistondagi kabi vaziyat har qanday mamlakatda yuz berishi mumkinligini anglash juda muhimdir», deydi Klyuge.

JSST vakiliga ko‘ra, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmaslik, ommaviy yig‘ilishlarni o‘tkazish hamda emlash qamrovining juda past darajasi oqibatida ana shunday bo‘ron kelib chiqishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bir sutkada Hindistonda 379 ming nafardan ortiq odamda infeksiya aniqlangan. Infeksiya bilan zararlangan 3 ming nafardan ortiq bemor hayotdan ko‘z yumgan. Mamlakatdagi kasalxonalarda bemorlar uchun joylar tanqisligi, tibbiy kislorod yetishmasligi kuzatilmoqda. Birgina 15-28 aprel kunlari mamlakatda 4 123 442 kishida virus aniqlangan, shu kunlar oralig‘ida 29 102 kishi hayotdan ko‘z yumgan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан