Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistonning GMR Guruhiga o‘zbek aeroportlarini boshqarish bo‘yicha tenderda ishtirok etish taklif qilindi
3.06.2020 19:13,  
102

Hindistonning GMR kompaniyasiga viloyatlardagi xalqaro aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investorlarga berish bo‘yicha o‘tkaziladigan tenderlarda ishtirok etishga taklif etildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev bilan bo‘lgan videokonferensiya shaklidagi uchrashuvda GMR Group vakillari Hindiston, Turkiya va Filippinda xalqaro aeroportlarni qurish, modernizatsiya qilish va boshqaruv tizimida amalga oshirilgan yirik loyihalar taqdimotini o‘tkazdi. Mazkur kompaniya “yashil aeroportlar” konsepsiyasini rivojlantirishda shuningdek, aeroportlarga innovatsion texnologiyalarni (yuzni aniqlash va tanish texnologiyalari, mobil telefonlar imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda nazorat-o‘tkazish punktlaridan yo‘lovchilarni o‘tkazuvchanlik qobiliyatini bir-necha barobarga oshirish va boshqalar) o‘rnatishda katta tajribaga ega.

Uchrashuvda Transport vazirligi tomonidan Markaziy Osiyo logistika xabini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar hususida ma’lumot berildi.

1978 yilda tashkil etilgan GMR Group Hindistonda eng yirik va dunyodagi to‘rtinchi eng katta xususiy aeroportlarni rivojlantirish kompaniyasi bo‘lib, 2000 yillardan beri ushbu sohada faoliyat olib boradi. U Dehli va Haydarobod (Hindiston) aeroportlariga egalik qiladi Maktan-Sebu (Filippin) aeroportini boshqaradi. Kompaniya, shuningdek, energetika, transport (avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar, metro, uchish-qo‘nish yo‘laklari qurish) va shahar infratuzilmasi sohasida ham ishlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан