Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindlar bilan hamkorlikda Boburiylar haqida serial suratga olinadi
29.08.2020 09:31,  
202

O‘zbekiston hindistonlik kino ijodkorlari bilan hamkorlikda Boburiylar sulolasi haqida umumiy byudjeti 9 million dollarlik veb-serial suratga oladi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligida Bosh direktori bilan Hindistonning “Wingspan Entertainment” kinokompaniyasi vakili Niraj Ratsi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan videokonfrensiya shaklida uchrashuvda ma’lum qilindi, deya xabar beradi Dunyo agentligi.

Hindiston tomonidan taxminan 1 million dollar mablag‘ O‘zbekistondagi suratga olish ishlari uchun ajratiladi. Tasvirga olish ishlarining ma’lum qismi yurtimizning Buxoro, Xiva, Samarqand viloyatlarida amalga oshiriladi.

Hindistonlik kinomutaxassislar xalqaro parvozlar bilan bog‘liq vaziyatning barqarorlashishiga umid qilgan holda, joriy yilning kuzida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirishayotganini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан