Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hisob palatasining bir qator qo‘shimcha funksiyalari belgilandi
28.08.2021 22:46,  
213

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan Byudjet kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda Hisob palatasi byudjet tizimi byudjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan ham aniqlash va safarbar qilishni amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida"gi Qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Hisob palatasi:

● yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini o‘rganadi hamda nazorat qiladi;

● davlat boshqaruv organlarida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini joriy qilish, uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi.

Qonun bilan Hisob palatasining bir qator ko‘shimcha funksiyalari, jumladan, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан