Hisor qo‘riqxonasida qor qoploni, silovsin va tog‘ echkisi kamera ob’yektiviga tushib qoldi (video+foto)

Hisor qo‘riqxonasida qor qoploni, silovsin va tog‘ echkisi kamera ob’yektiviga tushib qoldi (video+foto)

Hisor davlat qo‘riqxonasining ilmiy xodimlari 17-20 mart kunlari qo‘riqxonaning Tanxozdaryo bo‘limi hududida bo‘lib, Kurkurak, Novterak, Sarituz, Gandagarim, Qashqabuloq, Quralay va Takalik soylaridagi o‘simliklar, hayvonlar va tabiatdagi o‘zgarishlar yuzasidan ilmiy kuzatish ishlarini olib bordilar.

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, natijada yuqoridagi ko‘rsatilgan soylarda qoplon izlari va 3 ta qoplon axlatlari genetik tahlil uchun yig‘ib olindi.

Qo‘riqxonada o‘rnatilgan yashirin kameralari 20 mart kuni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qor qoploni, Turkiston silovsini va oddiy tur bo‘lgan Sibir tog‘ echkilarini kamera ob’yektiviga muhrladi.