Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hokimiyat binosi yonida o‘ziga o‘t qo‘ygan surxondaryolik erkak prezidentga murojaat qildi (video)
3.03.2019 14:29,  
13

25 fevral kuni bir qancha internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda surxondaryolik erkakning Termiz tumanidagi hokimiyat binosi yonida o‘zini yoqib yuborganligi tasvirga olingan videorolik tarqalgan edi. Ushbu ko‘ngilsiz holat hozirgacha keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘ziga o‘t qo‘ygan fuqaro B.E. tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan va yer uchastkasi olish uchun hokimlikka murojaat qilmagan. Biroq uning rafiqasi O.J. milliy shirinliklar, non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasiga ega.

2018 yilning boshida O.J. «Uchqizil» mahallasida o‘zboshimchalik bilan 50 kvadrat metr maydonni egallab, umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil etgan va “pirojka” sotishni boshlagan. Noyabrda B.E. noqonuniy qurilmani buzish to‘g‘risida og‘zaki ogohlantirilgan, dekabrda esa u oilasi bilan qurilmani buzgan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyuldagi 467-sonli qaroriga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan bunyod etilgan qurilmalar aniqlangan taqdirda, qurilmani barpo etgan shaxs 15 kun ichida ixtiyoriy ravishda inshootni buzishi kerakligi haqida ogohlantirilib, bayonnoma tuzilishi belgilangan. «Uchqizil»dagi holatda noqonuniy inshoot ko‘ngilli ravishda buzilgani uchun bayonnoma tuzilmagan.

Termiz tumani hokimligi 28 fevral kuni (fuqaro o‘ziga o‘t qo‘yganidan so‘ng) B.E.ga 40 kvadrat metr maydonli yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish va bu yerda ko‘chma savdo peshtaxtasini qurishga ruxsat berish to‘g‘risida buyruq chiqargan. «B.E. hech kimga e’tirozi yo‘qligi va voqeadan afsusda ekanini ma’lum qilgan», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

“Ha, bu xabarning qaysidir tafsiloti qolib ketganga, tushib qolganga o‘xshaydi, lekin bori shu. Biz ham hayronmiz — fuqaro noqonuniy savdo nuqtasini o‘zi buzgan bo‘lsa, nega yana o‘ziga o‘t qo‘ygan? Hokimlik shunchalik haq ekan, nega bu fuqaro o‘ziga o‘t qo‘yganidan so‘ng unga yer ajratish haqida buyruq chiqargan?” deyiladi yuqoridagi berilgan ma’lumot yuzasidan.

Shuningdek, telegram kanallarida o‘ziga o‘t qo‘ygan surxondaryolik erkakning prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan murojaati videotasviri tarqalmoqda.  Unda fuqaro yordam so‘rab, prezidentga shunday murojaat qilgan :

“Assalomu alaykum Hurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovich! Men Termiz tumani hokimining oddiy xalqqa yordam bermaganligi sababli, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamagani uchun, men yosh tadbirkorni hayotimni tugatgani uchun, o‘z jonimga qasd qilgandim. Hokimiyat yonida o‘zimga benzin quyib, o‘zimni yoqib yubordim.

Hurmatli prezidentimiz! Sizdan iltimos qilib so‘rayman, menga yordam berishingizni. Hozir men eshityapmanki, menga O‘zbekiston kodekslaridan 103 moddasi bilan menga jinoiy ish qo‘zg‘ab, o‘zimni aybdor qilmoqda. Siz yordam bermasangiz, meni qamoqqa olib ketib, qamab yuborishi mumkin. Sizdan iltimos qilaman, mening shu ishlarimni tekshirib ko‘rib bilishingizni sizdan iltimos qilaman. Iltimos sizdan, prezidentim yordam bering“ deyiladi videorolikda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан