Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Hokimiyat vakillarining "snos"larda aholiga nisbatan hurmatsizligi va mulkiga tajovuzlari IIV xodimlarining obro‘siga putur yetkazmoqda»​
29.02.2020 18:27,  
401

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim viloyatlarning hokimiyat vakillari tomonidan sug‘oriladigan yerlardagi “noqonuniy” qurilmalarni buzish kabi ishlar avj olayotgani, ushbu jarayonga jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolar va hokimiyat vakillari o‘rtasidagi ziddiyatlarni oldini olish vaqtida yuzaga kelgan nizoli vaziyatlar aks etgan videotasvirlar tarqalayotgani kuzatilmoqda. Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi voqealar bunga dalil bo‘la oladi.

Oltinsoyda fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi (video)

IIV​ Oltinsoy voqeasida Rossiyada ishlab yurgan fuqaroni ham aybladi

«Erim va qaynonamni sudrashgach, ularni qutqargani bordim. Homiladorligimni aytsam ham, sudrashdi va ko‘tarib avtobusga tiqishdi» – Oltinsoy voqealari

Bu esa, Ichki ishlar vazirligi vakillarining qayd etishicha, keng jamoatchilikda aynan ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariga nisbatan norozilik kayfiyati uyg‘onishiga sabab bo‘lmoqda.

Vaholanki, mazkur kelishmovchiliklar asosan hokimiyat vakillarining, ichki ishlar organlari xodimlari borligidan foydalanib, fuqarolarga nisbatan noo‘rin va qo‘pol xatti-harakatlar, hurmatsizlik, o‘z vakolatlaridan chetga chiqish hamda ayrim vaqtlarda aholining mulkiga ochiqdan-ochiq tajovuz qilishlari oqibatida kelib chiqmoqda.

Bu kabi vaziyatlar, Ichki ishlar vazirligining fuqarolar huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi xalqchil tizim yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga jiddiy putur yetkazib, ichki ishlar organlariga nisbatan keng jamoatchilikda ishonchsizlik kayfiyatini keltirib chiqarmoqda. Shu sababli, IIVdan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga hokimiyat va fuqarolarning mulkiy turdagi o‘zaro munosabatlarini hal etish jarayoniga jamoat tartibini saqlash uchun shaxsiy tarkibni jalb etishda quyidagilarga qat’iy amal qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi:

– joylarga, muammoli vaziyatlar hokimiyat va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan oldindan muzokaralar o‘tkazilib hal etilganligiga qat’iy ishonch hosil qilgandan keyin chiqish;

– joylarda, hokimiyat vakillariga fuqarolar bilan muloqot jarayonida hurmatsizlik qilmasliklarini, noo‘rin va qo‘pol munosabatda bo‘lmasliklarini tushuntirish, aks holda, o‘zlariga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘rilishi bilan qat’iy ogohlantirish;

– aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida ziddiyatlar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatni avvaldan bartaraf etish choralarini ko‘rish;

– xodimlarning aholi va hokimiyat vakillari bilan bo‘lgan munosabatlarida bir yoqlamalikka, shuningdek hissiyotlarga berilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik.

IIV rasmiylarining alohida ta’kidlashicha, ichki ishlar organlari xodimlari “ularning birlamchi vazifasi hokimiyat vakillarining aybi bilan kelib chiqayotgan ziddiyatlar va janjallar oqibatini bartaraf etish emas, balki fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash” ekanligini unutmasliklari lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан