Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hokimiyatga: tub islohotlardan qo‘rqmang!
26.09.2019 16:08,  
497

Hokimiyatlar uchun, har bir islohot, o‘zgarishlarning ma’lum pallasiga kelganda, ikkilanishlar bo‘lishi, istiqbolda vaziyatni izdan chiqishidan qo‘rquv paydo bo‘lishi – tabiiy holatdir. Keyingi davrda O‘zbekiston ikkinchi ma’muriyatida ham shunday holat kuzatilyapti. Hokimiyat xuddi Marsga uchib, g‘oyib bo‘lib qolgandek: na ko‘rinadi, na eshitiladi. Bu juda qiziq bir holat.

Hokimiyatning islohotlar borasidagi xavotirlarida, ma’lum asoslar mavjud. O‘zbekistonni muammolari o‘n yilliklar davomida to‘plandi. Shu paytgacha boshqaruv qo‘rqituv asosida amalga oshirildi. Odamlar o‘z muammolarini, faqat hokimiyatdan qo‘rqqani uchun bildirishmadi, talab qilishmadi.

Keyingi uch yilda, odamlar ongidagi qo‘rquv eriy boshladi. Lekin, muammo shundaki, jamiyat ehtiyojlarini malakali aniqlay oladigan, ularni surunkali va tizimli yecha oladigan davlat boshqaruv tizimi shakllantirilmayapti. Hokimiyat, bir tomondan, repressiyalardan tegilayapti, ikkinchi tomondan, ma’muriy-siyosiy islohotlarga qo‘l urmayapti. Odamlarga muammolarini aytishga imkoniyat berilgach, tabiiy ravishda, ularni muammolarini yechadigan siyosiy tizim ham yaratilishi kerak edi. Lekin, birinchisi qilinib, ikkinchisiga qo‘l urilmadi. Endi esa, odamlar ongidagi hokimiyatga bo‘lgan ishonchni tinchgina devalvatsiya qilishga, qadrsizlashga o‘tilmoqda.

Nazarimda, O‘zbekistonda taraqqiyotning yagona to‘g‘ri yo‘li mavjud. Bu ham bo‘lsa, kyeng va shijoatli siyosiy-ma’muriy islohotlar: malakali va to‘liq legitim parlament, kuchli va jo‘shqin fuqarolik jamiyati, to‘liq mustaqil va ehtirossiz sud tizimi, qudratli OAVlari, malakali ijroiya hokimiyati. Bularni amalga oshirish uchun esa, Prezidentning vaziyatga ishonchi nihoyatda yuqori bo‘lishi kerak.

Prezidentlik hokimiyatini zaiflashtirib, yuqoridagi vazifalarni qilib bo‘lmaydi yoki bu ish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buning uchun Prezident komandasi juda malakali va yuqori reputatsiyadagi shaxslardan iborat bo‘lishi lozim, Prezidentga bo‘ysunuvchi ko‘plab intellektual markazlar ishlashi kerak bo‘ladi. Vaziyat qachon erkin holatga qo‘yiladi? Qachongi oliy hokimiyat “biz erkin vaziyatni bemalol boshqara olamiz” degan ishonch bo‘lganda. Buning uchun Prezident komandasi nihoyatda kuchli bo‘lishi nazarda tutiladi.

Vaziyatni qiyoslash uchun misol keltirsam. Shunday tomosha bor: katta shisha sharning ichida mototsikl vertikal shaklda ham aylanishga harakat qiladi. Islohotlar borasida, O‘zbekiston hukumati, xuddi o‘sha sharni ichidagi mototsikl boshqaruvchisiga o‘xshaydi. Yiqilib tushishdan qo‘rqib, gazni bosish o‘rniga, tormozni bosmoqda. Sharni aylanish va g‘alaba qozonish uchun esa, qo‘rquvni yengish va gazni bosish kerak. Tezlik gravitatsiyadan ko‘ra yuqoriroq bo‘lishi, ya’ni, islohotlar tezligi inersiyadan yuqoriroq bo‘lishi kerak! G‘alabaning sharti shu!

Globallashuv, ommaning ishtirokini chetlab o‘tadigan siyosiy tizim yaratishni imkonini bermaydi. Hokimiyat jim turgan va muammolarga munosabat bildirmagan, ularni yechimi bo‘yicha amaliy qadamlar tashlamagan har bir kun – lokalizm davridagi harakatsiz yillarga teng bo‘laveradi. Globalizm davrida davlatni boshqarish, jamiyat tafakkurida legitim qolish, ko‘pchilik o‘ylaganidek, u qadar mashaqqatli vazifa emas. Globalizm davridagi boshqaruvni qoidasi, quyidagicha: repressiya qilib, urib-qonatib, o‘ldirib boshqarish imkonsiz – ko‘pga bormaysiz! Jamiyatning ishonchiga kirib, uni manipulyasiya qilib ham, yillar o‘tirishingiz mumkin, ammo natija yaxshi bo‘lmaydi.

Lekin, jamiyatni muammolariga muttasil va tizimni munosabat bildirsangiz, ularni izchil yechishda davom etsangiz – hokimiyatingiz mustahkam va legitim bo‘laveradi. Muvaffaqiyatnin garovi – islohotlarni sekinlashtirish emas, tezlashtirish, tezroq hayotiy boshqaruv tizimi yaratish, hokimiyatning barcha bug‘inlarida mustaqil va samarali ishlaydigan tizim shakllantirish hisoblanadi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан