Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hokimlar yerto‘la tozalash bilan shug‘ullanadigan vaqt o‘tdi – Prezident
7.03.2020 17:56,  
802

7 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkentda 2020-2022 yillarda umumiy qiymati 9 milliard 884 million dollarlik 762 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ularning 122 tasi davlat dasturi, 640 tasi hududiy investitsiya dasturlari doirasidadir.

Foto: president.uz

Xususan, sanoat sohasida 1 milliard 890 million dollarlik 242 ta loyiha, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 4 milliard 966 million dollarlik 337 loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan. Zamonaviy turar joy qurilishi bo‘yicha 3 milliard 328 million dollarlik 183 ta ob’yekt qurilishi ko‘zda tutilgan.

– Investitsiya va eksportdan maqsad – ishchi joy, qo‘shimcha daromad. Toshkentda bu borada juda katta resurslar bor. Hozircha ularning yarmidan ham foydalanilmayapti. Shuning uchun har bir tuman kesimida kichik va o‘rta korxonalarni o‘rganib, ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish, xalqimizga kafolatlangan daromad manbayi yaratish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda.

2020 yilda jami 4,8 milliard dollar investitsiyalar o‘zlashtirilishi natijasida 400 dan ortiq loyihalar foydalanishga topshirilishi ma’lum qilindi. Bular doirasida 32050 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2020 yilda 710,5 million dollar miqdorida eksport qilinishi mo‘ljallangan. Shundan qariyb 674 million dollari sanoat mahsulotlari, 36,5 million dollari meva-sabzavot mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.

– Oltiariq tumani 120 million dollarlik eksport qilyapti. Toshkentdagidek sanoat ob’yektlari, kommunikatsiya ularda yo‘q. Poytaxtda zarur infratuzilma bor! Hokimlar yerto‘lani tozalash bilan shug‘ullanadigan vaqt o‘tdi. Endi tuman rahbarlari tadbirkorlikni rivojlantirib, tadbirkorlarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlab, eksportiga ko‘maklashib, ular bilan manzilli ishlashi kerak. Sizlar o‘zgarmas ekansiz, vaziyat o‘zgarmaydi, – deya ta’kidladi Prezident.

Shuningdek, yig‘ilishda investitsiyalar jalb etib, zarurat bo‘lsa, tashqi boshqaruvga berib, sanoatning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан