Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hokimlarga yangi o‘rinbosar lavozimlari joriy qilindi
24.05.2019 11:24,  
199

“O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.

Qarorda ta’kidlanishicha, foydalanilmayotgan ob’yektlardan samarali foydalanish, shuningdek bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (“yo‘l xaritalari”)ni ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyasining ishchi organi funksiyalari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklatildi.

Vazirlikka qo‘shimcha ravishda 70 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalariga 5 tadan shtat birliklari ajratildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi lavozimlar joriy etildi:

- hokim o‘rinbosari – viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i;

- hokim o‘rinbosari – tuman (shahar) investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i.

Qaror bilan ayrim viloyat, shahar, tuman hokimliklaridagi bir qator lavozimlar, jumladan, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklaridagi hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi.  

Viloyatlarda, tumanlarda (shaharlarda) kichik sanoat zonalarini hamda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish borasidagi vazifalar hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklandi.

Shuningdek, qaror bilan Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. 

Markaz direktori Hukumat tomonidan tayinlanadi hamda u moddiy ta’minot, ijtimoiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан