Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz – Shavkat Mirziyoyev
25.09.2020 09:42,  
159

Avval xabar qilganimizdek, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24 sentyabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, tahlillar asosida hududlardagi tadbirkorlik rivoji holati «yaxshi», «o‘rta» va «qoniqarsiz» hududlarga ajratildi. Xususan, 48 ta tuman va shahardagi holat «yaxshi», 119 tasida «o‘rta» hamda 33 tasida «qoniqarsiz» deb topilgan.

“Bizda 33 ta «qoniqarsiz» tuman bor. Ularning hammasi ishdan ketishi kerak. To‘rtta sektor rahbari ham ketadi” - dedi prezident.

Prezident 33 ta «qoniqarsiz» tuman hokimi va sektor rahbarlari ishdan ketishi kerakligini aytdi (video)

Iqtisodiy kompleksga kiruvchi vazirlik va muassasalar «tadbirkorga xizmat qiluvchi» tashkilotga aylanishi zarurligi ta’kidlandi. «Qoniqarsiz» deb baholangan tuman va shaharlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, «yaxshi» hududlarning tajribasini ommalashtirish muhimligi qayd etildi.

Misol uchun, Samarqand tumanida hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 1,1 trillion so‘mni tashkil etib, aholi jon boshiga 4,5 million so‘mdan to‘g‘ri kelgan. Bu Samarqand viloyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Shuningdek, 508 ta tadbirkorlik sub’yekti tashkil etilib, yangi ish o‘rinlarining 71 foizi kichik biznesda ochilgan. Mahalliy byudjet tushumlari so‘nggi uch yilda 2 baravar ortgan.

Shuningdek, Qamashi tumanida so‘nggi uch yilda 802 ta yangi tadbirkorlik sub’yekti tashkil etilib, ishlamayotgan 132 ta korxona qayta tiklangan. Eksport hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 barobar oshgan.

Aksincha, Nukus, Baliqchi, Bekobod, Xovos, Baxmal, Mirzacho‘l, Yangiqo‘rg‘on, Shovot, Kasbi, Qumqo‘rg‘on, Uchtepa kabi tumanlardagi ahvol qoniqarsiz. Aslida ularda ham yetarlicha salohiyat va infratuzilma bor.

Masalan, Qumqo‘rg‘on tumani tadbirkorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Surxondaryo viloyatida eng oxirgi o‘rinlardan birida. Lekin u yerda 124 ming gektar yaylov va 48 ming gektar oborotdan chiqqan yer bor. Ulardan samarali foydalanish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmagan.

Bekobod tumanida ham kichik biznes ulushi respublikadagi eng so‘nggi o‘rinlardan birida. Tumanda yiliga 36 ming tonna paxta, 100 ming tonna don yetishtirilsa-da, qayta ishlanmaydi.

Mutasaddilarga «qoniqarsiz» deb baholangan tumanlarda muhandislik kommunikatsiyalarini yaxshilab, kichik sanoat zonasi tashkil etish, yaylovlarda chorvachilik, qorako‘lchilik, yilqichilikni rivojlantirish, chegaraoldi savdo va xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari maoshiga 30 foiz ustama tayinlanib, ahvol qoniqarsiz bo‘lgan hududlar rahbarlariga jarima qo‘llanishi aytib o‘tildi.

– Odamlarimiz turmushini yaxshilashga harakat qilmagan rahbar bir kun ham ishlamaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Qoniqarsiz» hamda «o‘rta» deb baholangan tuman va shaharlarda inqirozga qarshi boshqaruv tizimi joriy etilishi belgilandi. Ya’ni, ularga rahbarlik qilish istagini bildirgan har qanday talabgor hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilishi mumkin. Xalq vakillarini ishontira olgan salohiyatli kishilar butun jamoasi bilan tumanga rahbar etib tayinlanadi.

Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz, – deya ta’kidladi prezident.

Shuningdek, yig‘ilishda yangi korxonalar tashkil etish, borlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi. Videoselektor yig‘ilishida so‘zga chiqqan hokimlar tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘shimcha zaxiralarni ishga solishga doir rejalarini bayon qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан