Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Hozirda bozorni ko‘chirish haqida hech qanday gap-so‘z yo‘q». Senator — «Qo‘yliq» bozori haqida
18.12.2021 19:56,  
63

Oliy Majlis senatori Tolibjon Madumarov Toshkentdagi «Qo‘yliq» bozori ko‘chirilishi haqida hali hokim qarori yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda 17 dekabr kuni AOKA majlislar zalida Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Jurnalistning «Qo‘yliq» bozori haqida bergan savoliga senator Tolibjon Madumarov javob berdi.

«Biz ushbu masala ijtimoiy tarmoqda keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilingach, joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordik. ‘Qo‘yliq’ni ko‘chirish bo‘yicha shahar hokimining qarori chiqmagan, hozirda bozorning ko‘chirilishi haqida hech qanday gap-so‘z yo‘q», – deydi Madumarov.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан