Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hozirgacha necha nafar fuqarolarimiz muddatidan avval saylovda ovoz bergani ma’lum bo‘ldi
13.12.2019 18:18,  
148

12 dekabrdan boshlab, O‘zbekiston hududidagi 10 260 ta saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi.

Dastlabki kun yakunlariga ko‘ra 1 036 nafar saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov xabar berdi.

Bunda eng ko‘p Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatiga 159 tadan to‘g‘ri kelmoqda. Eng kam 10 nafar shaxs Samarqand viloyatida muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan.

12 dekabrdan respublikamizning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxona va konsullik idoralarida tuzilgan 55 ta saylov uchastkalarda ham muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlangan.

Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari 12 dekabrda saylovchilar zich yashaydigan, ishlaydigan yoki o‘qiydigan joylarda ko‘chma saylov qutilarida sayyor trtibda muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qildilar. Saylovlarda 9 308 nafar xorijda istiqomat qilayotgan fuqarolar qatnashdilar.

Xususan, Rossiya Federatsiyasida ko‘chma qutilarda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni amalga oshirilib, unda 7 638 nafar fuqarolarimiz qatnashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан