Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Huawei global smartfonlar savdosida birinchi o‘ringa chiqib oldi
30.07.2020 16:47,  
174

Joriy yilning ikkinchi choragida Xitoyning Huawei kompaniyasi smartfonlar yetkazib berish bo‘yicha Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasidan ustun bo‘lib, dunyoda etakchiga aylandi. So‘nggi o‘n yil ichida yetakchilik o‘rni yoki Samsung yoki Apple'ga tegishli bo‘lgandi.

Huawei yetakchiligi o‘sish sur’atlarining oshib ketishiga emas, balki koronavirus inqirozi davrida savdolarning pasayishi tufayli yuzaga keldi. Xitoy kompaniyasi choraklik sotuv hajmini 55,8 million donaga (5% ga), Samsung esa 53,7 million donaga (30% ga) kamaytirdi.

Huawei Xitoy iqtisodiyotining kutilgan tiklanishidan to‘liq foydalandi - koronavirusdan oldin bunday natija mumkin emas edi, deydi tadqiqotchilar.

Kompaniyaning Qo‘shma Shtatlardagi sanksiyalari bilan bog‘liq muammolar yo’qolib ketmadi: agar Xitoyda choraklik yetkazib berish hajmi 8 foizga o‘sgan bo‘lsa, eksport hajmi 27 foizga pasaygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан