Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Huawei smartfonlarida Android o‘rniga qaysi dastur o‘rnatilishi ma’lum qilindi
11.06.2019 14:11,  
35

Xitoyning Huawei kompaniyasi Android operatsion tizimi o‘rniga Rossiyada ishlab chiqilgan "Avrora" operatsion tizimini o‘rnatishi mumkin deb xabar qilmoqda The Bell nashri.

Bunday qadam qo‘yishga kompaniyaga nisbatan AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalar sababchi bo‘lgan. AQSh hukumati qaroriga ko‘ra, yangi ishlab chiqarilayotgan smartfonlarga Android operatsion tizimini o‘rnatishi mumkin emas.

"Avrora" opreatsion tizimi asli Finlandiyaning Sailfish dasturi negizida yaratilgan bo‘lib, uning yadrosi Linux tizimida ishlaydi va Androidning barcha dasturlari bilan ishlashga qodir.

Ushbu hamkorlik haqidagi kelishuvga Iqtisodiy forum doirasida erishilgan. Huawei kompaniyasi direktori Go Pin va Rossiyaning Raqamli rivojlanish vaziri Konstantin Noskov Sankt – Peterburgda muzokaralar o‘tkazishgan edi. Ushbu masala, shuningdek Xitoy yetakchisi Si Szinpin hamda Vladimir Putin uchrashuvi doirasida ham muhokama qilingan edi.

Rossiya va Xitoy ushbu masalada kelishuvga erishgan taqdirda, “Avrora” operatsion tizimi Huawei smartfonlarida zavoddan o‘rnatilgan bo‘ladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан