Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident hududlarni rivojlantirish uchun 1,5 trln so‘m ajratishga qaror qildi
17.10.2020 11:34,  
407

“O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ-4864-son, 16.10.2020 y.).

Qarorga muvofiq, 2021 yilda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun 17,1 trln so‘m, shuningdek,  Prezident topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun 1,5 trln so‘m mablag‘lar ajratiladi.
 
Tuman markazlari va shaharlarning me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirishga 2021 yilda 1,4 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga ularning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan mablag‘lar ajratilishi munosabati bilan, ularga yo‘naltiriladigan markazlashgan investitsiya hajmlari mos ravishda qisqartiriladi.

2022 yildan byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yilda eksperiment tariqasida 10 ta ob’yektga injiniring xizmatlarini ko‘rsatish uchun  tadbirkorlar jalb etiladi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro tuzilmalar hamkorligida “Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA)” tizimi sinov tariqasida ayrim tarmoqlarda qo‘llaniladi, keyinchalik bosqichma-bosqich keng joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан