Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi joriy etiladi
13.01.2021 10:18,  
84

Bu borada prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, indeks quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar va ijtimoiy so‘rovlar natijalari asosida aniqlanadi:

qonun hujjatlariga rioya qilinishi;

fuqarolar huquq va erkinliklari ta’minlanishi;

odil sudlov va sud qarorlari ijro etilishi;  

huquq-tartibot o‘rnatilgani va xavfsizlik ta’minlangani;
 

mahalliy ijro organlari faoliyatining samarali nazorat qilinishi;

korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi;

hokimiyat institutlarining shaffofligi.

Qaror bilan Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aks ettiruvchi 32 ta indikator ham tasdiqlandi. Indeks “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali aniqlanadi. Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi 182 ta mezonga asoslanadi va axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar yordamida har yili 1 mayga qadar tuziladi.

2020 yil uchun indeksni aniqlash esa joriy yilning 1 iyuliga qadar yakunlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан