Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hukumat shunday narsalar haqida qayg‘urishga va qaror qilishga haqqi bormi?
15.09.2020 10:02,  
812

AQShning tarixidagi noyob narsalardan biri, AQSh tuzilganidan keyin, har bir loyiha va qonunga nisbatan bir qoida va mantiq ishlagan.

Qoida shu ediki, qaysidir masalada, siyosat va qonunlar mulohaza qilinishidan oldin, “hukumat shunday narsalar haqida qayg‘urishga va eng muhimi, qaror qilishga haqqi bormi?“ degan mantiq qo‘llanilgan.

Masalan, deylik ta’lim tizimida nima qilish kerak degan savoldan oldin, “ta’lim tizimini isloh qilishga hukumatni haqqi bormi?ʼ degan savol qo‘yilgan, javob «yo‘q» deb topilganidan keyin, shu haqida mulohazagacha borilmagan. Chunki niyat yaxshi bo‘lishi bilan, hukumat zimmasidagi qonuniy vakolat emas edi.

Xuddi shunday, ko‘p jabhalarda. Ya’ni hukumat bir ishga aralashishidan oldin, o‘sha soha, yoki o‘sha mavzuga aralashuvi qanchalik konstitutsiyani asosiy prinsiplariga to‘g‘ri kelishi birlamchi masala bo‘lgan. Qaytaraman, «yaxshi niyat» yoki insonlar farovonligi uchun muhimligi ikkilamchi masala bo‘lgan. Birlamchi, masala, hukumat bu narsaga aralashuvi qay darajada konstitutsiya bilan hamohangligi ko‘rilgan. Bordiyu, qandaydir qonun yoki loyiha hamma odamni hayotini potensialda yaxshilashi mumkin bo‘lsa ham, lekin hukumat vakolatlariga kirmasa, u narsani mulohaza qilishmagan. 

AQSh bu g‘oya. Va o‘sha g‘oyani tuzgan odamlar, shu g‘oyani jiddiy qabul qilishgan. G‘oyani asosida, erkin jamiyat qurish bo‘lgan va erkinlik deb ular birinchi o‘rinda hukumat amallaridan erkinlikni tushunishgan.

Konstitutsiya ham, asosan, qanday qilib tiraniyani yo‘l qo‘ymaslik nuqtai nazaridan yozilgan. Ular erkinlik uchun birinchi tahdid deb, davlatning kuch ishlatishga monopoliyasini tushunishgan. Va shuni chegaralaridan «yaxshi niyatda» o‘tishni ham o‘ta xavfli deb bilishgan. Chunki bilamiz, «yaxshi niyatlar» odatda yaxshi yakun topmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан