Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hukumatimiz anchadan buyon Putin boshchiligidagi korrupsiyalashgan guruh qo‘lida – Deputat (video)
13.03.2020 15:34,  
1893

Moskva shahar dumasi deputati Darya Besedina duma yig‘ilishiga axloqsiz so‘z yozilgan futbolkada kelib, konstitutsiyaga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning prezidentlik muddatlarini “nollashtirish” taklif qilinayotgan tuzatma kiritilishini tanqid qildi.

Deputatning futbolkasida “Obnulis”ga so‘z o‘yini tariqasida “Öbnulis” (“aqldan ozibsizlar” ma’nosida) so‘zi yozilgan bo‘lgan.

“Mamlakatimiz hukumatini ancha yillardan buyon Prezident Putin boshchiligidagi korrupsiyalashgan guruh qo‘lida bo‘lib qolmoqda. Ular Rossiyaliklarni aldashmoqda va qo‘rquvda ushlab turishibdi. mamlakatdagi deyarli barcha OAVlar [уларнинг] targ‘ibot quroliga aylandi.

Ular pullarni o‘g‘irlashmoqda. Davlat apparati yuqorisidan eng pastigacha korrupsiyalashgan. Ular odamlarni o‘ldirishmoqda.

Kuch ishlatar tizimlarimiz NKVD'ning munosib davomchilariga aylanib ulgurishdi. Eng qo‘rqinchlisi ular mamlakatimizning kelajagini hal qilishmoqda.

Men ishonamanki, bizning mamlakatimizda Putin bizga taklif qilayotganidan ko‘ra yaxshiroq variantlar bor. U hokimiyatda abadiy qolish uchun Medvedov bilan rokirovka ham qildi. Demokratiyaning eng yorqin ko‘rinishi bo‘lgan haqqoniy saylovlarni ham yo‘q qildi“, deydi deputat ayol.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан