Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi​
14.07.2020 12:20,  
678

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (437-son, 10.07.2020 y.).

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, quyidagi xarajatlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilinadi:

- eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida eksportga tashish, shuningdek, garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini to‘lash;

- meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini yangi texnologiyalarga o‘rgatish;

- agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;

- vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish.

Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 660-son qarori o‘z kuchini yo‘qotdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан