Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Human xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rganlarga pullari qaytarilmoqda (foto)
20.02.2020 14:32,  
551

Human xususiy bandlik agentligi mansabdorlarining firibgarligidan jabr ko‘rgan bir guruh fuqarolarga pullarini qaytarish boshlandi. Bu haqda «Daryo» nashri MIB matbuot xizmatiga asoslanib xabar bermoqda.

Ushbu bandlik agentligi rahbari Shohnur Fayzullayevning jinoiy harakatlari oqibatida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni ularning hisob raqamlariga tezkorlik bilan o‘tkazish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi MIB, «Ipoteka bank» hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda hududlarda ishchi guruhlar tashkil etilgandi.

Qayd etilishicha, ishchi guruhlar tomonidan 18—19 fevral kunlari o‘tkazilgan ijro harakatlari jarayonida 1 007 nafar fuqaro o‘zlariga va yaqinlariga yetkazilgan zarar masalasini qaytarish masalasida murojaat etgan.

Jabrlanganlarning 91 nafari respublika hududidan chiqib ketgani aniqlanib, ularning yaqin qarindoshlariga moddiy zararni qaytarish tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Qisqa vaqt ichida 916 nafar undiruvchiga bank xizmat haqi undirilmasdan bank kartasi ochilib, shundan 819 nafariga sud hujjatida ko‘rsatilgan 17,2 milliard so‘m pul o‘tkazilgan.

Shuningdek, bank kartalariga tushgan mablag‘larni fuqarolarning talablariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida hech qanday bank xizmat haqlari undirilmasdan naqd pul ko‘rinishida berilmoqda.

Qolgan 97 nafar undiruvchiga pul o‘tkazishda hujjatlarda texnik xatoliklar aniqlangani sababli ishchi guruh tomonidan ularni qisqa muddat davomida bartaraf etish va pul mablag‘larini o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

«Shu o‘rinda moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan 69 nafar fuqarolarimizga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va yetkazilgan zarar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga o‘tkazilishini eslatib o‘tamiz», — deyiladi MIB bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Human bandlik agentligi rahbari Shohnur Fayzullayev va boshqalar minglab fuqarolardan Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Bolgariya va Litva davlatlariga ishga joylashtirishni va’da qilib, ularning har biridan (taklif etilgan ishdan kelib chiqqan holda) 6 300 000 so‘mdan 35 000 000 so‘mgacha pul olgan. Biroq amalda ularni hech qayerga yubormay, juda ko‘p miqdordagi mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganlikda ayblanib, sudga tortilgandi.

Keyinchalik Human xususiy bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan 2-jinoiy ishi ham qo‘zg‘atilgan. 2019 yil 16 dekabrda Toshkent viloyatida salkam 1200 nafar fuqaroni chuv tushirgan ushbu bandlik agentligi rahbari ustidan sud boshlangan. 27 yanvarda agentlik rahbari Shohnur Fayzullayev 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi va undan 1 080 nafardan ortiq jabrlanuvchi foydasiga 21 milliard 192 ming so‘mdan ziyod miqdorda moddiy zarar undirilishi belgilandi.

IIV Tergov departamenti depozit hisob raqamida saqlanayotgan pul mablag‘lari va xatlangan mol-mulklarning xomcho‘ti sudlanuvchi tomonidan aldangan fuqarolarga yetkazilgan zararlarni qoplamasligini taxmin qilgan.

Human xususiy bandlik agentligi faoliyatidan jabrlangan fuqarolar bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuv tashkil etilishini talab qilib, 17 fevral kuni Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga to‘plangan. Ular tergov va sudning yakunini kuta olmasligi, ishsiz qolgani, ayrimlarining uyda bolalari och o‘tirganini aytib, ularga yetkazilgan zarar tezroq qoplab berilishini talab qilgan.

Shundan so‘ng bosh vazirning ta’kidlashicha, Prezident 1086 nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasidan qoplab berishga ko‘rsatma bergan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан