«Humo» va «Uzcard» integratsiyalashtiriladi

«Humo» va «Uzcard» integratsiyalashtiriladi

Foto: Spot

“O‘zbekiston Respublikasida «Yashirin iqtisodiyot» ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (394-son, 20.06.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan “Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Jumladan:

- aholi uchun iste’mol kreditlari ajratish tartibi yanada soddalashtiriladi va takomillashtiriladi;

- barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi;

- “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlarini integratsiyalashtiriladi;

- "QR" kod orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarning ommabopligi oshiriladi va ko‘lami kengaytiriladi;

- moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi, «Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.