Humo va Uzcard o‘zaro integratsiyalanadi, ammo birlashtirmaydi

Humo va Uzcard o‘zaro integratsiyalanadi, ammo  birlashtirmaydi

Humo va Uzcard kartalari o‘zaro integratsiyalanadi, ushbu karta egalari ikkala to‘lov tizimining bankomatlari va terminallaridan foydalanishlari mumkin. Bu haqda Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

“Markaziy bank sifatida bizning maqsadimiz monopol tashkilot yaratish emas, bizning maqsadimiz bu ikki tizim o‘rtasidagi raqobat asosida elektron hisob-kitob tizimini rivojlantirishdir. Bizda bozorning ushbu ikki ishtirokchisini birlashtirish rejalari ham yo‘q. Bilamizki, birlashsak, bozor sharoitlarini belgilab qo‘yamiz. Aksincha, ularning bozor talablari asosida rivojlanishini istaymiz ”, - dedi Mamariso Nurmuratov.

Mamarizo Nurmuratovning so‘zlariga ko‘ra, raqobat va bozorni rivojlantirish uchun ikkita to‘lov tizimi bitta tizimga birlashtirilmaydi.