Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Humo» xokkey klubining ramzi tasdiqlandi (foto)
7.09.2019 16:08,  
13

8 sentyabr kuni soat 19:00 da Toshkent shahri Sayilgoh (Broadway​) ko‘chasida “Humo” xokkey klubining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ushbu taqdimotda klubning o‘yinchilari, murabbiylari va rahbariyat xodimlari ishtirok etadi. Shu bilan birga, taqdimot dasturidan o‘zbek milliy liboslarini kiygan mo‘ylovli yigitlar maskat shousi ham o‘rin olgan, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Matbuot xizmati.

Toshkentning “Humo” xokkey klubi ushbu mavsumda Oliy xokkey ligasida (VHL) o‘ynashni boshlaydi.Ushbu klub 5-cyentabrdan o‘zining Hchumo.uz​ internet-saytini ishga tushirdi. Portalda siz klub yangiliklari bilan tanishishingiz, asosiy va zahira guruhlarning tarkibi, statistikasi, shuningdek boshqa ma’lumotlarni topishingiz mumkin. VHL taqvimi veb-saytda e’lon qilingan va muxlislar “Humo” ning Toshkentdagi navbatdagi o‘yinlariga chiptalarni onlayn ravishda 10 mingdan 75 ming so‘mgacha sotib olishlari mumkin.

«Humo» xokkey klubining ramzi

“Humo Arena” da toshkentliklarning dastlabki uchta uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Humo” VHLdagi dastlabki tarixiy o‘yinini 11-sentabr kuni “Ryazan” XKga qarshi o‘tkazadi. Hamyurtlarimiz 13 sentyabr kuni Qozonning “Bars” hamda 15 sentyabrda Nijniy Novgorodning “Torpedo-Gorkiy” jamoalariga qarshi muz ustiga tushadi.Ikkinchi xokkey klubi - “Humo-2” esa Qozog‘iston chempionatida o‘z o‘yinlarini boshlaydi. Jamoa dastlabki o‘yinlarni 6-va 7 sentyabr kunlari Pavlodar Erti​sga qarshi o‘tkazdi. “Humo-2”ning birinchi mezbonlik o‘yini 15 sentyabr kuni Qozog‘istonning “Almata” xokkey jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Oliy Xokkey Ligasi (VHL) ochiq xalqaro xokkey ligasi bo‘lib, ayni paytda Rossiyada Kontinental Xokkey Ligasidan (KHL) keyin ikkinchi eng kuchli professional xokkey ligasi hisoblanadi. VHLda Rossiyaning klublari, shuningdek, Xitoy va Qozog‘istondan uchta jamoa ishtirok etadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан